Published July 9, 2025 | Version v1

Oson matn nima?

  • 1. DTYU kutubxonachisi

Description

Ushbu maqolada O‘zbekistonda yaqindan joriy etilgan “oson matn” tushunchasi, uning kelib chiqishi, maqsadi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Oson matn – bu aqliy rivojlanishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan, tushunilishi oson, soddalashtirilgan matn shaklidir. Maqolada Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning qabul qilinishi va O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi bu matn turining joriy etilishida asosiy omil bo‘lgani ta’kidlanadi. Shuningdek, “Sharoitplus” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Huquqplus” loyihasi doirasida oson matn formatida qonuniy hujjatlar tayyorlanib, nogironligi bor insonlarga huquqiy axborotga erkin kirish imkonini berayotgan tajriba ham yoritilgan. Maqola oson matn formatining nafaqat huquqiy, balki ta’limiy va ijtimoiy sohalarda keng qo‘llanilishi zarurligini asoslaydi va bu yo‘nalishda nashriyotlar, kutubxonalar va ilmiy muassasalarning faol ishtirokini targ‘ib etadi.

Files

62-64.pdf

Files (615.7 kB)

Name Size
md5:7ef804c172aaad8e6a4e4feb4d867dd7
615.7 kB Preview Download