OʻZBEKISTON SUGʻURTA BOZORIDA YASHIL SUGʻURTA KONSEPSIYASI: ZARURAT, JORIY HOLAT VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Authors/Creators
- 1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi, i.f.n., prof
Description
Bugungi kunda ekologik xavflarning ortib borishi, iqlim oʻzgarishining salbiy ta'siri va atrof-muhit muhofazasining dolzarbligi yashil sugʻurta konsepsiyasining global miqyosda muhim yoʻnalishlardan biriga aylanishiga sabab boʻlmoqda. Yashil sugʻurta ekologik risklar, tabiiy ofatlar, iqlim oʻzgarishi va boshqa muhitga bogʻliq tahdidlarni moliyaviy jihatdan boshqarish vositasi boʻlib, u barqaror rivojlanish tamoyillariga xizmat qiladi. Ushbu ilmiy tadqiqot Oʻzbekiston sugʻurta bozorida yashil sugʻurta konsepsiyasining zaruratini, joriy holatini va istiqbollarini chuqur tahlil qiladi. Mamlakatimizda bu yoʻnalish hali toʻlaqonli shakllanmagan boʻlsa-da, xalqaro tajriba, davlat siyosatining ekologik yoʻnalishga e'tibori va moliyaviy sektorning modernizatsiyasi asosida uni joriy etish uchun katta salohiyat mavjud. Tadqiqotda shuningdek, mavjud muammolar, huquqiy va institutsional toʻsiqlar, bozor ishtirokchilarining tayyorgarlik darajasi, innovatsion sugʻurta mahsulotlariga talab va
ularni joriy etish strategiyalari koʻrib chiqiladi. Natijada yashil sugʻurtaning Oʻzbekistonda samarali amal qilishi uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Files
Zoyirov Laziz Subxonovich.pdf
Files
(2.6 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:a38868c7a03e6396079b2e5ace6459f5
|
2.6 MB | Preview Download |