Published July 1, 2025 | Version v1

JAHON ADABIYOTI KONTEKSIDA TARIXIY ROMAN JANRINING RIVOJLANISHI

  • 1. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi

Description

Ushbu maqolada tarixiy roman janrining jahon adabiyoti kontekstida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari chuqur tahlil qilinadi. Tarixiy roman – bu nafaqat o‘tmish voqealarini badiiy talqin qilish vositasi, balki jamiyatning madaniy xotirasi, milliy o‘zlikni anglash vositasi va falsafiy-estetik mushohada obyekti sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Maqolada ushbu janrning poetik va estetik xususiyatlari, tarixiy fakt va badiiy to‘qima o‘rtasidagi nisbat, tarixiy qahramon obrazining shakllanishi va evolyutsiyasi kabi masalalar keng yoritiladi. Xususan, tarixiy romanlarning klassik namunalaridan tortib, modern va postmodern yondashuvlargacha bo‘lgan adabiy taraqqiyot bosqichlari ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda turli mintaqalarda — xususan, turk adabiyotida — tarixiy roman an’analari va ularning ijtimoiy-ma’naviy kontekstdagi roli tahlil qilinadi. Namik Kemal, Tarık Buğra, Iskender Pala kabi mualliflar asarlari misolida tarixiy ong, milliy xotira va adabiy uslubning uyg‘unligi ko‘rsatib beriladi. Zamonaviy texnologiyalar va raqamli madaniyat tarixiy roman janriga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani ham maqolada alohida o‘rganiladi. Elektron formatlar, audiokitoblar va interaktiv dasturlar orqali tarixiy romanlarning yangi shakllarda ommalashuvi, o‘quvchi bilan muloqotda bo‘lish darajasining oshishi, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tarixiy matnlar — bularning barchasi bugungi adabiy jarayonning dolzarb masalalari sifatida tahlil qilinadi. Maqola yakunida tarixiy roman janrining ta’lim, tarbiya va madaniy merosni saqlashdagi o‘rni hamda istiqbollari haqida ilmiy xulosalar chiqariladi..

Files

272-289.pdf

Files (445.6 kB)

Name Size
md5:6bc7a5bd8a99df9928e2c106712fd2a1
445.6 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. Argunşah, H. (2016). Tarih ve Roman: Makaleler. Ankara: Kitabevi Yayınları.
  • 2. Atwood, M. (1985). The Handmaid's Tale. Toronto: McClelland and Stewart.