TRANSCHEGARAVIY SAVDO MUNOSABATLARI QONUNCHILIGI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO'NALISHLARI
Authors/Creators
- 1. Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti magistranti
Description
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida transchegaraviy savdo munosabatlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy baza, ularni xalqaro standartlar, xususan Jahon savdo tashkiloti (JST) qoidalari bilan uyg‘unlashtirishga doir islohotlar jarayoni tahlil qilinadi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan bojxona tizimidagi raqamlashtirish, savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, elektron savdo imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish borasidagi harakatlar o‘rganiladi. Shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy integratsiya doirasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan munosabatlar, chegaraoldi savdoni liberallashtirish, korrupsiyaga qarshi institutsional chora-tadbirlar kabi masalalarga e’tibor qaratiladi. Maqolada mavjud huquqiy va institutsional muammolar aniq misollar orqali tahlil qilinib, xorijiy davlatlar tajribasi asosida O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari mamlakatning global savdo tizimiga integratsiyalashuvi uchun zarur bo‘lgan huquqiy shart-sharoitlarni yaratishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Files
340-351.pdf
Additional details
References
- 1. Kosta Legal yuridik xizmati, "O'zbekiston huquqiy xabarnomasi – 2025-yil fevral", Xalqaro savdo nazorati kuchaytirilmoqda, Toshkent, 2025.
- 2. Kosta Legal xabarnomasi, "2025-yil uchun O'zbekiston – 2030 strategiyasini amalga oshirish", WTO standartlariga mos qonun loyihalari, 2025.