Published June 5, 2025 | Version v1

Ingliz tilini o'rgatishda multimodal yondashuv asosida ta'limiy videolardan foydalanish strategiyasi

Description

Ushbu maqolada 10–11-sinf umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilari uchun ingliz tilini o‘qitishda multimodal yondashuvga
asoslangan holda ta’limiy videolardan foydalanish strategiyasi yoritiladi. Multimodal ta’lim bir vaqtda bir nechta
sezgi kanallari orqali axborotni uzatib, o‘quvchilarning tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda yuqori samaradorlik
berishi mumkin. Maqolada multimodal ta’limning lingvistik va psixopedagogik asoslari, xususan, tinglab tushunishni
shakllantirishda
audiovizual materiallarning roli nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’limiy videolarni dars jarayoniga
integratsiya qilish metodikasi, xorijiy tajriba misollari va amaliy tavsiyalar bayon etiladi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra,
o‘quv jarayonida video materiallardan foydalanish o‘quvchilarning motivatsiyasi va darsga jalb etilishini oshirishi, tinglab
tushunish ko‘nikmalarini sezilarli darajada yaxshilashi ta’kidlanadi

Files

153.Solijonova Mohlaroyim Abdumalik qizi.pdf

Files (1.5 MB)

Name Size
md5:f3bc90153f423af89e55774ab44eef87
1.5 MB Preview Download

Additional details