METALL VA METALL BO'LMAGAN PROTEZ MATERIALLARINING BIOTOLERANTLIGI: SOLISHTIRMA TAHLIL
Authors/Creators
- 1. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti mustaqimovjavoxir@gmail.com
Description
Mazkur maqolada stomatologik amaliyotda keng qo‘llanilayotgan metall va metall bo‘lmagan (akril, kompozit, keramika) protez materiallarining biotolerantligi, ya’ni og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalariga nisbatan biologik muvofiqlik darajasi solishtirma tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqot davomida har ikki turdagi materiallar bilan uzoq muddatli aloqada bo‘lgan bemorlarning klinik kuzatuvlari, laborator testlari va mikrobiologik baholash natijalari tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, ayrim metall materiallar (masalan, nikel-qotishmalar) shilliq qavatda allergik va toksik reaksiyalar chaqirishi mumkinligi aniqlangan. Metall bo‘lmagan materiallar, ayniqsa zamonaviy kompozit va keramikalar esa yuqori biotolerantlik darajasi, kam yallig‘lanish chaqiruvchanlik va yaxshi estetik ko‘rsatkichlar bilan ajralib turgan. Shu bilan birga, har ikkala guruh materiallarining yuzasida mikroflora yig‘ilishi, biofilm shakllanishi va og‘iz gigiyenasiga ta’siri ham solishtirildi. Maqolada protez materiallarini tanlashda ularning biotolerantlik xususiyatlarini hisobga olish zarurligi asoslab berilgan va stomatologik amaliyotda bemor salomatligini saqlab qolishga xizmat qiluvchi tavsiyalar ishlab chiqilgan.