Published June 29, 2025 | Version v1

BIOPARCHALANUVCHI GIDROGELLARNING QISHLOQ XO'JALIGIDAGI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

  • 1. Toshkent kimyo texnologiya instituti Kimyo kafedrasi katta o'qituvchisi
  • 2. Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, PhD
  • 3. Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot institute direktori, O'zR FA Akademik
  • 4. M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universiteti

Description

BIOPARCHALANUVCHI GIDROGELLARNING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Eshbo’riyev Tursunali Nasrullayevich

Toshkent kimyo texnologiya instituti Kimyo kafedrasi katta o’qituvchisi

E-mail: tursunalihim@gmail.com: t.eshburiev@tkti.uz

Shirinov Shavkat Davlatovich

Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, PhD

E-mail: shirinov.shavkat1984@gmail.com

Djalilov Abdulahat Turobovich

Toshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot institute direktori, O’zR FA Akademik

E-mail: gup_tniixt@mail.ru

Azimov Abdug’ani Mutalovich

M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti

“Innovatsion suv tozalash tizimlari” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi rahbari, PhD

E-mail: azimov-78@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15768859

Annotatsiya: Ushbu  maqolada  qishloq  xo‘jaligida  bioparchalanuvchi gidrogellardan foydalanish istiqbollari o‘rganilgan. Bioparchalanuvchi gidrogellar haqida umumiy ma’lumotlar keltirilib, sellyuloza  hamda  GIPAN  (gidrolizlangan poliakrilonitril) asosidagi gidrogellarning xususiyatlari tahlil qilingan. Gidrogellarning suv yutish qobiliyati, tuproqda bioparchalanishi va agronomik samaradorligi yuzasidan  ilmiy  manbalar  asosida  ma’lumotlar  keltirilgan. Lalmi yerlar (sug‘orilmaydigan hududlar), tomchilatib sug‘orish tizimlari va bog‘dorchilikda  gidrogellardan foydalanish misollari ko‘rib chiqilib, ularning suvni tejash, hosildorlikni oshirish va tuproq sifatini yaxshilashga ijobiy ta’siri ko‘rsatilgan. Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bioparchalanuvchi gidrogellar tuproq namligini saqlash va ekinlar hosildorligini oshirishda samarali bo‘lib, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qishloq xo‘jaligining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin.

Kalit so‘zlar: bioparchalanuvchi gidrogel; qishloq xo‘jaligi; suvni ushlab turish; sellyuloza; gidrolizlangan poliakrilonitril (GIPAN).

Files

02.00.00 – Kimyo fanlari Eshbo’riyev Tursunali Nasrullayevich.pdf

Files (564.9 kB)