PSIXOLOGIYA NAZARIYASIDA TALABALAR MUSTAQIL TA'LIMIMUAMMOSI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada psixologiya nazariyasi, mamlakatimizda ta’lim sohasida bo‘layotgan
o‘zgarishlar, talabalarning mustaqil ta’limi, talabalarning shaxsiy bilim, ko‘nikma va mahoratini rivojlantirishda
faol ishtirok etishi va o‘qituvchi yordamisiz bilimlarni o‘zlashtirish jarayonlari tahlil qilinadi. Bu jarayon
talabalarining tanqidiy fikrlash qobiliyati, mas’uliyat hissi va ijodiy yondashuvlarini rivojlantirishga xizmat
qiladi. Mustaqil ta’lim vositasida talabalar o‘z bilimlarini kengaytirish, mustaqil tadqiqotlar olib borish hamda
yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Pedagogik tadqiqotlarda mustaqil ta’limning
samaradorligini oshirish uchun pedagoglarning rahbarligi, metodik yordam va axborot texnologiyalaridan
samarali foydalanish muhim hisoblanadi. Shuningdek, talabalarni mustaqil ta’limga o‘rgatish va ularning
ushbu jarayondagi motivatsiyasini oshirish muammoning samarali yechimida asosiy omillardan biri sifatida
e’tirof etiladi.