Published June 28, 2025
| Version v1
Journal article
Open
TARIXIMIZNI YORITISHDA QO'LYOZMA MANBALARNING O'RNI
Description
Mazkur maqolada o‘zbek xalqi tarixini ilmiy asosda yoritishda qo‘lyozma manbalarning ilmiy, tarixiy va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Qo‘lyozmalar o‘z vaqtining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’naviy, ilmiy-falsafiy tafakkuri haqida muhim ma’lumotlar beradi. Tadqiqotda tarixiy qo‘lyozmalarning tavsifi, ularning tasnifi, zamonaviy ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni va ulardan foydalanish metodikasi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston arxivlari, kutubxonalari va ilmiy markazlarida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar haqida ma’lumotlar keltirilib, ularni ilmiy muomalaga kiritishning dolzarb masalalari muhokama etiladi.