BARQAROR O'SISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA SIRKULYAR IQTISODIYOTNING AHAMIYATI VA UNI MOLIYALASHTIRISH MASALALARI
Authors/Creators
Description
maqola sirkulyar iqtisodiyotning, mohiyati va ahamiyati, barqaror o‘sish maqsadlariga erishishda sirkulyar
iqtisodiyotning ta’siriga bag‘ishlangan. Unda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda sirkulyar iqtisodiyotning
holatini aks ettiradigan raqamlar keltirilgan. Shuningdek, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Yevropa davlatlarida sirkulyar
iqtisodiyotga o‘tish orqali barqaror o‘sish konsepsiyasi doirasida belgilangan maqsadlariga erishish masalalari keltirilgan,
sirkulyar iqtisodiyotni moliyalashtirishning o‘ziga xos jihatlari tadqiq qilingan hamda sirkulyar iqtisodiyotga o‘tish qanday
natijalarni keltirib chiqarishi izohlangan. Sirkulyar iqtisodiyotga o‘tishni moliyalashtirishning asosiy manbalari sifatida tijorat
banklari mablag‘lari va kraudfanding moliyalashtirish usuliga to‘xtalib o‘tib, sohani moliyalashtirish uchun bank tomonidan
moliyalashtirish manblag‘larini olish va innovatsion biznes-modellarni tadbiq etishda mavjud to‘siqlar keltirilgan hamda
ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar keltirilgan.