Published June 25, 2025 | Version v1
Journal article Open

BOLALIKNI O'G'IRLAB KETGAN GADJETLAR

Description

Ushbu maqola zamonaviy texnologiyalar va gadjetlarning jamiyatga salbiy ta'sirini, nomofobiya va gadjetomaniya kabi muammolarni tahlil qiladi. Mobil aloqa telefonlaridan chiqayotgan elektromagnit nurlar inson organizmiga turli xil salbiy ta'sirlar ko‘rsatmoqda. Bolalar va o‘smirlar orasida raqamli qurilmalarga haddan tashqari bog'lanish holati keng tarqalgan bo‘lib, bu psixologik, jismoniy va ijtimoiy salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Maqolada gadjetlarga qaramlikning oqibatlari, shu jumladan virtual hayot tarzining haqiqiy bolalikni qanday siqib chiqarayotgani ilmiy asoslangan dalillar bilan ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ota-onalar, pedagoglar va psixologlarning bu boradagi vazifalari, profilaktik chora-tadbirlar va sog'lom raqamli odatlarni shakllantirish yo‘llari yoritilgan.

Tadqiqot davomida dunyo miqyosida olib borilgan izlanishlar, statistik ma'lumotlar va amaliy tavsiyalar asosida muammo ko‘lamining dolzarbligi ko‘rsatib berilgan. Maqola jamiyatda tobora kuchayib borayotgan bu muammoni ijtimoiy, madaniy va pedagogik kontekstda tahlil etishga xizmat qiladi.

Files

1311-1318.pdf

Files (416.8 kB)

Name Size Download all
md5:03c3baf01ec1a80b486b7e4407dc4b9a
416.8 kB Preview Download