AYRIM MEHNAT HUQUQIY MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARNI HAL QILISHNING PROTSESSUAL JIHATLARI: SUD NAZARIYASI VA AMALIYOTI
Authors/Creators
Description
Mazkur tezisda ayrim mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishning protsessual jihatlari, xususan, bevosita tahlil qilinayotgan mehnat nizolariga xos protsessual yondashuvlar ilmiy nazariyalar hamda sud amaliyoti misolida kompleks tahlil etilgan. Shuningdek, muallif tomonidan ilgari surilgan ilmiy fikr va mulohazalar amaldagi qonunchilik normalari, mavjud statistik ma’lumotlar hamda tegishli soha olimlarining nazariy qarashlari asosida asoslab berilgan. Mehnat nizolarining yuzaga kelishiga olib keluvchi asosiy sabab va omillar chuqur tahlil qilinib, ularning huquqiy va protsessual oqibatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida esa ayrim mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqish va hal etish bilan bog‘liq amaldagi protsessual mexanizmlardagi muammolar aniqlangan hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.