Raqamli valyutani joriy etishning pul-kredit tizimiga ta'siri masalalari
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada banklararo to‘lov tizimi mexanizmining hozirgi holati, mavjud muammolari va ularni bartaraf
etish orqali tizimni takomillashtirish istiqbollari yoritilgan. To‘lov tizimi – milliy moliyaviy infratuzilmaning eng muhim tarkibiy
qismlaridan biri bo‘lib, uning samarali ishlashi banklar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni tezkor, xavfsiz va ishonchli
amalga oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda elektron to‘lov vositalarining jadal rivojlanishi, raqamli
texnologiyalarning bank sohasiga chuqur kirib borishi to‘lov tizimiga nisbatan yuqori talablarni yuzaga keltirmoqda. Shu
bois, banklararo to‘lov mexanizmini zamonaviylashtirish, uni avtomatlashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish
dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Maqolada banklararo to‘lov tizimining huquqiy asoslari, Markaziy bank tomonidan
joriy etilgan yangi texnologiyalar, mavjud platformalar va ularning ishlash tartibi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, xalqaro
tajriba, xususan rivojlangan mamlakatlar to‘lov tizimlarining ilg‘or jihatlari o‘rganilib, ularni milliy tizimga tatbiq etish
bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot davomida tizimdagi asosiy muammolar – kechikishlar, xavfsizlik kamchiliklari,
texnik nosozliklar, ma’lumotlar almashinuvidagi uzilishlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari ishlab chiqildi
Files
311. Abduraximova Feruza Alisherovna.pdf
Files
(2.5 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:1fead292bbf50a68c3b652b46f20342b
|
2.5 MB | Preview Download |