JADID ADABIYOTINI O'QITISHDA TEATR SAN'ATINING TA'LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqola jadid adabiyotini o‘qitishda teatr san’atining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z boradi. Talabalarga jadid adabiyotini teatr san’ati orqali samarali yetkazish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, teatr san’ati talaba-yoshlarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishda va ularda milliy madaniyat hamda ma’rifatga munosabatini belgilashda muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan. Teatr talabalarning nutq madaniyatini yuksaltirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, axloqiy va estetik tarbiya berishda samarali vosita ekanligi aniqlangan. Binobarin, jadid adabiyotini o‘qitishda teatr san’atidan nafaqat bilim berish vositasi sifatida, balki ma’rifat va ma’naviyatni boyitish vositasi sifatida ham unumli foydalanilayotganligi ko‘rsatib berilgan.