Published June 23, 2025 | Version v1

"BOBURNOMA" ASARINING OʻZBEK BADIIY NASRINING YORQIN NAMUNASI SIFATIDA

  • 1. NamDPI Boshlang'ich ta'lim innovatsiyalari kafedrasi o'qituvchisi Boshlang'ich ta'lim  yo'nalishi 2-bosqich talabalari:

Description

“BOBURNOMA” ASARINING OʻZBEK BADIIY NASRINING YORQIN NAMUNASI SIFATIDA

 

A.Abdulxayev,

NamDPI Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari

kafedrasi o‘qituvchisi

Boshlang'ich ta’lim  yo’nalishi 2-bosqich talabalari: 

O.Sobirova va Z.Abdullayeva

Email: abdulxayevabduvoxid2025@gmail.com

UDK 378.091.3:37.013

https://doi.org/10.5281/zenodo.15717431

 

Annotatsiya.Ushbu maqolada buyuk sarkarda va adib Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yozilgan “Boburnoma” asarining oʻzbek badiiy nasridagi oʻrni va ahamiyati tahlil qilinadi. Asarda o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy voqealari, madaniy hayoti va muallifning shaxsiy kechinmalari badiiy yondashuv orqali yuksak mahorat bilan ifoda etilgan. Maqolada “Boburnoma”ning adabiy-badiiy xususiyatlari, til va uslub, obrazlar tizimi, shuningdek, tarixiy va madaniy manba sifatidagi roli yoritiladi. Asarning oʻzbek adabiyoti rivojiga qoʻshgan hissasi alohida eʼtirof etiladi. Uning “Boburnoma” asari oʻzbek adabiy merosining eng bebaho durdonalaridan biri hisoblanadi. Ushbu asar oʻzining badiiy yuksakligi, tafakkur kengligi va tarixiy faktlarga boyligi bilan nafaqat oʻzbek adabiyotida, balki jahon adabiyoti tarixida ham alohida oʻrin egallaydi. “Boburnoma” — bu faqat xotiralar toʻplami emas, balki chuqur badiiy fikr va mahorat bilan yozilgan tarixiy-biografik asar boʻlib, unda muallifning ichki kechinmalari, tabiat va inson tasviri, shuningdek, zamonasining siyosiy-ijtimoiy holati badiiy ifoda topgan.

Kalit so’zlar: “Boburnoma”, oʻzbek badiiy nasri,tarixiy asar,xotiranoma,badiiy tasvir,adabiy meros,uslubiy xususiyatlar,obrazlilik,oʻzbek mumtoz adabiyoti,tarixiy-biografik asar,madaniy yodgorlik, tarixiy fakt, geografiyasi,madaniyati, o`tmishini o`rganish

 

Files

Sobirova_Abdullayeva_Abduvohid.pdf

Files (369.3 kB)

Name Size
md5:763df27b90f824bdfd55adb62109e83a
369.3 kB Preview Download