Published June 22, 2025 | Version v1
Journal article Open

SO'FI OLLOYORNING "SABOTUL OJIZIN" ASARIDAGI ILMIY ATAMALAR

Description

Ushbu maqolada So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin” asarida uchraydigan ilmiy atamalar tahlil etilgan. Asar o‘z davrining diniy, falsafiy va tibbiy bilimlarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Ilmiy terminlarning ishlatilish shakli, ularning o‘rni va mazmuni maqola asosida o‘rganilgan. Shuningdek, So‘fi Olloyorning “Sabotul ojizin” asarida qo‘llanilgan ilmiy atamalar morfologik (so‘z yasash va tuzilish) hamda semantik (ma’no) jihatdan tahlil qilinadi. Asarda uchraydigan arabcha va forscha kelib chiqishga ega bo‘lgan ilmiy tushunchalar o‘zbek tilidagi ishlatilish shakllari bilan solishtirilib, ularning lug‘aviy va uslubiy qiymati aniqlanadi. Atamalar diniy-ilmiy, falsafiy va axloqiy ma’nolarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ularning asardagi kontekstda tutgan o‘rni va u orqali berilgan tushunchaning semantik yuklamasi yoritiladi.

Files

1196-1199.pdf

Files (418.2 kB)

Name Size Download all
md5:d86e07d08ee0f91eb5cebed3b6ef0b4d
418.2 kB Preview Download