Published June 21, 2025
| Version v1
Journal article
Open
QORA TURPNING O'SISHI VA RIVOJLANISH KO'RSATKICHLARI
Authors/Creators
- 1. Urganch davlat universiteti dotsenti, b.f.f.d. (PhD)
- 2. Urganch davlat universiteti magistranti
Description
Qora turp (Raphanus sativus L. var. niger) – ildizmevali sabzavot ekinlaridan biri bo‘lib, oziq-ovqat va dori-darmon sanoatida keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada qora turp o‘simligining o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari fenologik jihatdan tahlil qilingan. O‘simlik ontogenezi davomida kuzatiladigan asosiy bosqichlar – urug‘ning unib chiqishi, chin barglarning shakllanishi, ildizmevaning hosil bo‘lishi, to‘liq pishib yetilishi, gullash hamda urug‘ hosil qilishi ketma-ketlikda ko‘rib chiqilgan. Har bir vegetatsiya fazasining morfologik belgilariga va biologik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.