Published June 21, 2025 | Version v1

KON KORXONALARIDA QO'LLANILAYOTGAN TURG'UN MASHINALAR VALLARI O'QIY NOMUTANOSIBLIKLARINI ULARNING ISH SAMARADORLIGIGA TA'SIRINI TAHLIL QILISH.

  • 1. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, "Konchilik elektr mexanikasi" kafedrasi, katta o'qituvchi. Navoiy, O'zbekiston ORCID ID: 0000-0002-2147-8973 e – mail: kayumov_umidjon@mail.ru
  • 2. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, "Konchilik elektr mexanikasi" kafedrasi, assistent. Navoiy, O'zbekiston ORCID ID: 0000-0002-2754-4089 e – mail: aliaka4417@gmail.com

Description

Ushbu maqola sanoat korxonalarida qo‘llanilayotgan turg‘un mashinalar, nasos va kompressor agregatlari ish faoliyatiga val o‘qiy nomutanosibligining ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan. Shuningdek, valning o‘qiy nomutanosibligi natijasida yuzaga keladigan ortiqcha tebranish, energiya sarfi ortishi hamda agregat qismlarining muddatidan oldin ishdan chiqish holatlari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining texnologik nasos stansiyalari hamda kompressor bloklaridan amaliy ma’lumotlar to‘plandi va ularning asosida o‘qiy nomutanosibligining eng ko‘p uchraydigan sabablari aniqlab chiqildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, val o‘qi nomutanosibligi, odatda, noto‘g‘ri montaj, termik kengayish, tayanchlarning deformatsiyasi yoki amaliy ravishda sozlanmagan biriktiruvlar natijasida yuzaga kelishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Bu esa mashina ish faoliyatining pasayishiga, elektr energiyasi sarfining ortishiga va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarining oshishiga olib keladi.

Tadqiqot davomida val o‘qiy nomutanosibligini aniqlashda turli indikatorlar, lazerli markazlash qurilmalari hamda tebranish diagnostikasi usullaridan foydalanildi.

Amaliy kuzatuvlar natijasida, val o‘qiy nomutanosibligi mavjud bo‘lgan agregatlarda energiya sarfi me’yordagidan 7–15% gacha ortishi, hamda podshipnik va muftalarning ishdan chiqish xavfi 2 barobargacha oshishi mumkinligi aniqlandi.

Bundan tashqari, nomutanosiblikni aniqlash va oldini olish bo‘yicha bir nechta usullar taklif qilindi. Jumladan, periodik lazerli markazlash tekshiruvlari, ishlash davomida tebranish monitoringi o‘rnatish, montajdan so‘ng termik kompensatsiya choralarini ko‘rish hamda texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida maxsus standartlarga rioya qilish kabi choralar ko‘rib chiqildi.

Izlanishlar natijasida turg‘un mashinalarning val o‘qidagi nomutanosiblikni bartaraf etish orqali uskunalar samaradorligini oshirish, ularning xizmat muddatini uzaytirish va energiya tejamkorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Files

913-923.pdf

Files (762.9 kB)

Name Size
md5:5e0b826815283a8c44e459c38a168cd5
762.9 kB Preview Download