Published June 20, 2025 | Version v1
Journal article Open

O'ZBEKISTONDA KONSTITUTSIYAVIY SUDGA FUQAROLAR VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI: QIYOSIY HUQUQIY TAHLIL

Description

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining huquqiy asoslari, protsessual talablari va uni rivojlantirish yo‘llarini o‘rganadi. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining normalari tahlil qilinib, Germaniya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi xorijiy davlatlar tajribasi bilan solishtirildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda faqat qonunlarga qarshi shikoyat qilish imkonini beruvchi qisman konstitutsiyaviy shikoyat instituti joriy etilgan bo‘lib, bu tizimning qamrovi va foydalanish imkoniyatlari xalqaro standartlarga, xususan, Venetsiya komissiyasi tavsiyalariga moslashtirishni talab qiladi. Takliflar orasida to‘liq konstitutsiyaviy shikoyat modelini joriy etish va protsessual samaradorlikni oshirish kiradi. 

Files

962-967.pdf

Files (403.0 kB)

Name Size Download all
md5:5472015b71f4502a4f471224b0d1667a
403.0 kB Preview Download