Published June 17, 2025 | Version v1

OMIXTA YEM ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH

Description

Omixta yem ishlab chiqarish chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarini yuqori sifatli va muvozanatli ozuqa bilan ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim sanoat jarayonidir. Ushbu jarayonni avtomatlashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, rentabellikni oshirish va sifatni yaxshilashda alohida o‘rin tutadi. Granulalangan omixta yem ishlab chiqarish jarayonida xomashyo tayyorlash bosqichi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayon yakuniy mahsulotning sifati va ozuqaviy qiymatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu bosqichda birinchi navbatda xomashyo ehtiyotkorlik bilan tanlanadi, sifat jihatidan baholanadi va ifloslantiruvchi moddalardan tozalanadi. Tanlab olingan xomashyolar maxsus uskunalarda maydalanadi va keyinchalik aralashtirish bosqichiga o‘tkaziladi. Bu bosqichda bajariladigan har bir texnologik amaliyot yemning yakuniy sifatini belgilovchi omillardan biridir.

Files

91-93.pdf

Files (230.5 kB)

Name Size
md5:59cca3d3d35afdebad01663c9dab018a
230.5 kB Preview Download