Published June 16, 2025 | Version v1
Journal article Open

XIX ASRNING O'RTALARIDA BUXORO AMIRLIGIDA SAVDO MUNOSABATLARI (A.BYORNS MATERIALLARI ASOSIDA)

Description

Mazkur maqolada ingliz sayyohi va tadqiqotchisi A. Byornsning ma’lumotlari asosida XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi savdo holati yoritiladi.

O‘sha davrda Buxoro Rossiya imperiyasi bilan faol iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu davlat uning asosiy tashqi savdo hamkoriga aylangan edi. Biroq Angliya o‘zining mintaqadagi ta’sirini saqlab qolish maqsadida Rossiyaning Buxoro bilan savdosiga to‘sqinlik qilish uchun jiddiy harakatlar qilgan. Jumladan, ingliz tovarlari Shimoliy Hindiston, Xitoy, Fors va Afg‘onistonda asta-sekin rus mahsulotlarini bozordan siqib chiqara boshlagan.

A.Byornsning yozishicha, XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligida savdo aloqalari o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga yetgan. Davlat siyosati ichki va tashqi savdoni rivojlantirishga faol ko‘maklashgan. Buxorodagi bozoru karvonsaroylar, Buyuk ipak yo‘li orqali shakllangan yo‘nalishlar savdo markazi sifatida katta ahamiyat kasb etgan. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan bozor narxlari qat’iy nazorat ostida ushlab turilgan, bu esa davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan faol aralashuvni ko‘rsatadi. Buxoroga Yevropa, Hindiston, Xitoy va Forsdan savdogarlar oqib kelgan, bu esa shaharning Markaziy Osiyodagi yirik iqtisodiy markazlardan biriga aylanishiga olib kelgan.

A.Byorns Buxoro amirligining XIX asr birinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy holatini chuqur o‘rgangan ilk g‘arb tadqiqotchilaridan biri hisoblanadi. Uning kuzatuvlari mintaqaviy va xalqaro savdo aloqalarini, yirik davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy raqobatni hamda amirlikning ichki iqtisodiy siyosatini anglash uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Files

606-610.pdf

Files (341.3 kB)

Name Size Download all
md5:0eb5c717db953480031d8e3b45b797b1
341.3 kB Preview Download