UGLEVODOROD GAZINI TOZALASH JARAYONIDA AJRALIB CHIQADIGAN YUQORI OLTINGUGURTLI GAZLARDAN SULFAT KISLOTA OLISHNING SAMARALI USULLARINI ISHLAB CHIQISH
Authors/Creators
- 1. PhD, Buxoro davlat texnika universiteti
- 2. Buxoro davlat texnika universiteti magistranti
Description
Mazkur maqolada uglevodorod gazlarini tozalash jarayonida ajralib chiqadigan yuqori oltingugurtli gazlarni samarali qayta ishlash orqali sulfat kislota olishning ilg‘or usullari yoritilgan. An’anaviy Claus va kontakt jarayonlari bilan bir qatorda zamonaviy fotokatalitik, plazmali va elektrokimyoviy texnologiyalar tahlil qilingan. Ularning texnologik afzalliklari, ekologik xavfsizligi hamda iqtisodiy samaradorligi baholangan. Shuningdek, chiqindi gazlarni qayta ishlash orqali sanoatda muhim mahsulot – sulfat kislota olishni optimallashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Ushbu tadqiqot uglevodorod sanoatining chiqindilarini kamaytirish, ekologik barqarorlikka erishish va resurslardan oqilona foydalanish yo‘lidagi muhim qadamdir.