Aholi hayotiylik sifatining statistik tahlili
Authors/Creators
Description
Hayot sifati murakkab va ko‘p jihatli kategoriya bo‘lib, u turli tarkibiy elementlar va ko‘rsatkichlar orqali
ifodalanadi. Uning umumlashtiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari — umumiy iste’mol va iste’mol imkoniyatlarini aks
ettirsa, nisbiy ko‘rsatkichlar hayot sifatining muayyan jihatlarini yoritadi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — O‘zbekiston
hududlari, xususan Sirdaryo viloyati aholisi hayot sifatini statistik usullar orqali chuqur tahlil qilishdan iborat. Baholashda
inson rivojlanishi ko‘rsatkichlari asos sifatida tanlab olindi, shuningdek, yashash sharoitlari eng qulay bo‘lgan hududlar
aniqlab berildi.
Tahlil jarayonida ko‘p o‘lchovli statistik yondashuvlar, jumladan, klaster tahlili qo‘llanildi. Klasterlash natijasida O‘zbekiston
Respublikasi hududlari hayot sifati mezonlari asosida tasniflandi va Sirdaryo viloyatining ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha
tutgan nisbiy o‘rni aniqlashtirildi. Tadqiqot yakunida tug‘ilish paytidagi kutilayotgan umr davomiyligini iqtisodiy-metrik
modellashtirish amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich hayot sifatining eng muhim determinantlaridan biri sifatida baholandi.
Tadqiqot natijalari ijtimoiy siyosatni shakllantirishda, hududiy farovonlikni baholashda hamda aholi turmush darajasini
rejalashtirishda statistik vosita sifatida qo‘llanishi mumkin.