Published June 12, 2025 | Version v1

AZOLLA CAROLINOANA ASOSIDA ANTIFUGNAL BIOPREPATAR OLISH BIOTEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Description

Azolla caroliniana — bu ekologik va agronomik jihatdan muhim bo‘lgan suv o‘simligi bo‘lib, uning tez o‘sish qobiliyati, azotni o‘zlashtirish xususiyati hamda biologik faol birikmalarga boyligi bilan ajralib turadi. Ushbu tadqiqotda Azolla caroliniana asosida antifungal biopreparat olish biotexnologiyasini ishlab chiqish maqsad qilingan. Tadqiqot davomida o‘simlikdan olingan ekstraktlar asosida patogen zamburug‘larga qarshi samaradorlik tekshirildi. Olingan natijalar ushbu o‘simlik ekstraktlarining antifungal xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa Azolla caroliniana ni ekologik xavfsiz va samarali antifungal biopreparat sifatida qishloq xo‘jaligida qo‘llash imkonini beradi. Taklif etilgan biotexnologiya o‘simliklarni biologik himoya qilishning yangi, ekologik toza yo‘llarini yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Files

0268.pdf

Files (687.0 kB)

Name Size
md5:7e0549dbcbf8b6226baf42700a0c6443
687.0 kB Preview Download