Published June 12, 2025 | Version v1

MEDIAMAKON TUSHUNCHASINING TARIXIY VA NAZARIY ASOSLARI: FALSAFIY TAHLIL VA SINERGETIK YONDASHUV

  • 1. Navoiy davlat universiteti, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departameti bosh mutaxassisi

Description

Annotatsiya: Ushbu maqola mediamakon tushunchasining tarixiy va nazariy asoslarini falsafiy va sinergetik yondashuv nuqtayi nazaridan tadqiq etishga bagʻishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – mediamakonning paydo boʻlishi, shakllanishi, rivojlanishi va zamonaviy jamiyatdagi oʻrnini falsafiy tahlil qilish hamda sinergetik yondashuv asosida uning dinamik jihatlarini ochib berishdir.

Tadqiqotda tarixiy-falsafiy hamda qiyosiy tahlil va sinergetik usul qoʻllanildi. Mediamakon tushunchasining ildizlarini aniqlash uchun antik davr falsafasi, oʻrta asrlar teologik qarashlari va zamonaviy axborot paradigmalari oʻrganildi. Shuningdek, Marshall McLuhan, Jean Baudrillard va Manuel Castells kabi olimlarning qarashlari tahlil qilindi.

Natijalar shuni koʻrsatadiki, mediamakon tushunchasi inson tafakkuri va texnologik taraqqiyot bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, u tarixiy jarayonlarda turli bosqichlarni bosib oʻtgan. Sinergetik yondashuv esa mediamakondagi tartib va betartiblik dinamikasini tushunish imkonini beradi.

Xulosa sifatida, mediamakon tushunchasi falsafiy va texnologik jihatdan rivojlanib borayotgan murakkab fenomen ekanligi ochib beriladi. Fenomenologik nuqtayi nazardan mediamakonning doimiy ravishda rivojlanib borayotganligi, murakkab va koʻp qatlamli bir tizim sifatida jamiyat va texnologiyalar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar va oʻzgarishlarni aks ettirishi sinergetik tahlil qilinsa, nafaqat axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, balki ijtimoiy va madaniy jarayonlarni ham tushunishga yordam beradi. Uning dinamikasini va jamiyatdagi oʻrni haqida yanada chuqurroq tushuncha hosil qilishga xizmat qilishi taʼkidlanadi.

Files

To'plam_5-6 may, 2025-yil-1505-1509.pdf

Files (587.4 kB)

Name Size
md5:9c6554d69fc340ba3709a9cffd55cf41
587.4 kB Preview Download

Additional details

Software

Development Status
Active