OʻZBEKISTON TAʼLIM KONTEKSTIDA OʻQISH SAVODXONLIGINING MATEMATIKA VA TABIIY FANLARNI OʻZLASHTIRISHIGA TAʼSIRI
Authors/Creators
Description
Oʻqib tushunish koʻnikmalari umrbod taʼlim olish va oʻrganish koʻnikmalarini egallashning asosini tashkil qiladi. Shu bois oʻquvchilarda oʻqish savodxonligini yuksak darajada rivojlantirish boshqa fanlardan akademik koʻnikmalarini yuqori boʻlishiga olib keladi. Shu nuqtayi nazardan, ushbu maqolada oʻqish savodxonligining matematika va tabiiy fanlarni oʻzlashtirishga qanday taʼsir qilishi PISA-2022 xalqaro baholash tadqiqotida oʻzbekistonlik oʻquvchilarning qayd etgan natijalari asosida tadqiq qilindi. Tadqiqotda matematik-statistik tahlil metodidan, xususan, ishonchlilik koʻrsatkichi Pearson modelidan foydalanib aniqlandi. Oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi yuqori darajada boʻlishi ularining matematika va tabiiy fanlarni oʻzlashtirishiga yuqori darajada ijobiy taʼsir qilishi, shuningdek, past boʻlishi esa fanlarni oʻzlashtirishiga salbiy taʼsir qilishi isbotlandi.
Files
2.1.pdf
Files
(441.7 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:e486cf2cb4023adb157834242afa4c4b
|
441.7 kB | Preview Download |