EKOTURIZM, UY VA YASHIL MEHMONXONALAR ZANJIRI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqola O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishda asosiy infratuzilma komponentlaridan biri bo‘lgan joylashtirish xizmatlarini takomillashtirish masalasini tahlil qiladi. Xususan, uy mehmonxonalari tizimini shakllantirish va “yashil mehmonxona” tushunchasini kengaytirish orqali ekoturizmning barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillar va investitsion imkoniyatlar o‘rganiladi. Shu bilan birga, mehmonxona biznesidagi xarajatlar samaradorligi, ekologik sertifikatlash tizimlari, yashil investitsiyalar va davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya va grantlar kabi iqtisodiy instrumentlarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.