MASOFADAN ZONDLASH MA'LUMOTLARI ASOSIDA SUV FONDI YERLARINI MONITORING QILISH USULINI TAKOMILLASHTIRISH (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada masofadan zondlash (MZ) ma’lumotlari yordamida suv fondi yerlarini monitoring qilish usullarini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotda sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar asosida suv maydonlarining o‘zgarishi, sifati va holatini aniqlash uchun ilg‘or algoritmlar va modellashtirish texnikalari qo‘llanilgan. Takomillashtirilgan usullar suv resurslarini samarali boshqarish va ularning holatini doimiy nazorat qilish imkonini beradi. Maqola suv fondi yerlarini ekologik barqaror rivojlantirish va suv resurslarini saqlash uchun zamonaviy monitoring tizimlarini yaratishdagi amaliy ahamiyatga ega. Ushbu ish suv xo‘jaligi, ekologiya va masofadan zondlash sohalaridagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarga hissa qo‘shadi.