14.-15. YÜZYILLARA AIT TÜRK YAZILI ESERLERINDEKI SOSYO-POLITIK TERIMLER ÜZERINE
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada XIV-XV asrlar yozma yodgorliklari, xususan, Mahmud ibn Ali as-Saroyining “Nahjul farodis” (1357-1358) hamda Alisher Navoiy qalamiga mansub “Tarixi muluki Ajam” (1480) va “Tarixi anbiyo va hukamo” (1485-1498) asarlarida qo‘llangan harbiy sohaga oid terminlar haqida so‘z boradi. Bu yodnomalarda qo‘llanilgan ijtimoiy-siyosiy terminlar muayyan guruhlar, xususan, harbiy terminlar, mansab-martaba bildiruvchi so‘zlar (oliy unvon, yuqori mansab nomini ifodalovchi terminlar, muayyan vazifaga mas’ul shaxsni ifodalovchi terminlar, madaniyat, san’at va fan arbobi nomini ifodalovchi terminlar, muayyan xizmatni bajaruvchi shaxsni ifodalovchi terminlar), ma’muriy-hududiy tuzilish tushunchasini ifodalovchi terminlar guruhlariga bo‘lib tahlil qilindi. Harbiy xizmat va mansab-martaba atamalarining o‘ziga xos rivojlanish bosqichlari mavjud. Ularning shakllanish jarayoni umumiy tengsizlik va tabaqalanish kuchaygan davrlarga to‘g‘ri keladi. Maʼmuriy-hududiy bo‘linish tarixi mulkchilik shakllangan davrga toʻgʻri keladi. Davrlar o‘tishi bilan mulk turlari tobora xilma-xil bo‘lib borishi sababli, muayyan hududlar mulk turlari bo‘yicha bo‘linishni boshlaydi. Maʼmuriy-hududiy birliklarning nomlanishi muayyan joyning oʻziga xos xususiyatlarini, uning jamiyatdagi oʻrni va aholisining xususiyatlarini ham o‘zida aks ettiradi.