Published June 4, 2025 | Version v1

SHOYIM BO'TAYEVNING "UTASHAN. YETTINCHI TONG" ROMANI G'OYAVIY AHAMIYATI.

Authors/Creators

Description

Mazkur maqolada o‘zbek zamonaviy adabiyotining iste’dodli vakili Shoyim Bo‘tayev ijodiga mansub "Utashan. Yettinchi tong" romanining g‘oyaviy-ahloqiy va ma’naviy-estetik jihatlari tahlil qilinadi. Asar voqealari tarixiy haqiqat bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, unda millatning ozodlik sari intilishi, inson erkinligi va ruhiy uyg‘onishi badiiy vositalar orqali yuksak mahorat bilan ifodalangan. Roman qahramoni Utashanning ichki kechinmalari, ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan kurashi, vijdon va haqiqat yo‘lidan chekinmasligi orqali yozuvchi milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash va ma’naviy uyg‘onish g‘oyalarini ilgari suradi. Asarda xalq ruhiyati, milliy g‘urur, shaxsiy jasorat kabi jihatlar ramziy obrazlar orqali ochib berilgan. Ushbu maqolada romanning kompozitsion qurilishi, obrazlar tizimi va g‘oyaviy yuki ilmiy-nazariy asosda o‘rganilib, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni yoritiladi. Asar yosh avlod tarbiyasida ahloqiy va ma’naviy saboq manbai sifatida katta ahamiyatga ega.

Files

216-221.pdf

Files (409.0 kB)

Name Size
md5:3a2563583b8392e1821782a73c10493c
409.0 kB Preview Download