ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHDA VIZUAL SAN'ATNING TARIXIY ASPEKTLARI VA SAMARADORLIK OMILLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada vizual san’atning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi tarixiy aspektlari, o‘rni, ahamiyati, ekologik muammolarni hal qilishda inson ongi va jamiyat qarashlariga ta’siri o‘rganiladi. Ekologik muammolar haqida xabardorlikni oshirishda san’atning vosita sifatida qanday ishlatilishi, ijtimoiy va psixologik ta’sir kuchi, san’at asarlarining real ekologik natijalarga olib kelishi kabi tahliliy masalar muhokama qilinadi. Maqola, shuningdek, samaradorlik omillarini – texnologik yondashuvlar, auditoriya qamrovi, san’atning emotsional kuchi va ommaviy axborot vositalari bilan integratsiyasini o‘rganadi. Shuningdek, mahalliy va xorijiy san’atkorlar faoliyati misolida ushbu yo‘nalishning kuchli jihatlari yoritiladi. Misollar orqali mavzuga yondashiladi va yakunda muhim xulosalar chiqariladi.