Published May 29, 2025 | Version v1
Journal article Open

TIJORAT BANKLARINING KONSALTING XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Ushbu maqolada tijorat banklarining konsalting xizmatlari bo‘yicha olib borayotgan faoliyati chuqur tahlil qilinib, bu xizmatlarning bank tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Konsalting xizmatlari nafaqat bank mijozlari uchun qo‘shimcha axborot va maslahat manbai, balki banklarning raqobatbardoshligini oshirish, mijozlarga chuqur individual yondashuvni joriy etish hamda yangi daromad manbalarini shakllantirish vositasi sifatida baholangan. Maqolada banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan konsalting xizmatlarining hozirgi holati, rivojlanish darajasi, mavjud infratuzilma, xizmatlar sifati, kadrlar salohiyati va mijozlar ehtiyojlariga javob bera olish darajasi o‘rganilgan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tijorat banklarida konsalting xizmatlari asosan yirik korporativ mijozlarga qaratilgan bo‘lib, kichik va o‘rta biznes subyektlari hamda jismoniy shaxslar bilan ishlash yo‘nalishi sust rivojlangan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida masofaviy maslahatlar berish tizimlari yetarlicha rivojlanmagan bo‘lib, bu xizmatlarning keng joriy etilishi uchun kadrlar malakasi va texnologik platformalarning rivojlanishi dolzarb masala hisoblanadi.

Files

1495-1501.pdf

Files (353.8 kB)

Name Size Download all
md5:a76435325a8b8bfdf07eb550cc0a114a
353.8 kB Preview Download