Published May 29, 2025 | Version v1
Journal article Open

DIABETIK NEFROPATIYA VA SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILIGIDA DISLIPIDEMIYANING PATOFIZIOLOGIK MEXANIZMLARI

Description

Diabetik nefropatiya (DN) —Qandli diabet kasalligiga xos bo‘lgan og‘ir asoratlardan biri bo‘lib, so’ngi bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi (SBBY)ning asosiy sababidir. Garchi mikro- va makroalbuminuriya DNni aniqlashda "oltin standart" bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, buyrak shikastlanishi siydikdagi albumin miqdori ortishidan ancha oldin boshlanadi. An’anaviy ravishda DNning oldini olish bo‘yicha klinik tavsiyalar qonda glyukoza miqdori, qon bosimi va lipid darajasini nazorat qilishga qaratilgan.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY)dagi dislipidemiya, asosan, triglitseridlarning ko‘payishi, yuqori zichlikdagi lipoprotein (YZLP) kamayishi va past zichlikdagi lipoprotein (PZLP) o‘zgaruvchan darajalari bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) almashinuvi buzilgan bo‘ladi. SBY rivojlanishi va uning davosi lipid almashinuviga ham ta’sir ko‘rsatadi va dislipidemiya holatini yanada og‘irlashtiradi. Ushbu patofiziologik mexanizmlarni chuqur tushunish — DN va SBYga chalingan bemorlar uchun lipidlar miqdorini optimal boshqarish va natijalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.

Files

1458-1463.pdf

Files (369.3 kB)

Name Size Download all
md5:d25be3866291e51dd4053dbea67cb9f8
369.3 kB Preview Download