MANZARALI DARAXTLAR BARGLARIDA SUPEROKSIDDISMUTAZA VA KATALAZA FAOLLIGINING O'SISH SHAROITLARIGA BOG'LIQ DINAMIK O'ZGARISHLARINING TAHLILI
Description
Ushbu maqolada Platanus orientalis va Paulownia tomentosa daraxtlari barglarida superoksiddismutaza (SOD) va katalaza (CAT) fermentlari faolligi may oyidan sentyabrgacha bo‘lgan muddatda dinamik tarzda o‘rganildi. Tadqiqot davomida ikki tur o‘rtasida antioksidant fermentlar faolligining mavsumiy o‘zgarishlari, ularning abiotik stressga javob sifatida qanday faollashuvi, shuningdek, o‘simliklarning muhitga moslashish strategiyalari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, har ikkala turda ham SOD va katalaza fermentlari stress sharoitida faollashib, oksidlovchi stressga qarshi himoya tizimlarining muhim komponentlari sifatida ishtirok etgan. Ayniqsa, Paulownia tomentosa barglarida magistral sharoitda turli chiqindi gazlar va changlar ta’sirida antioksidant faollikning sezilarli ortishi kuzatildi, bu esa turga xos moslashuvchanlik va himoya mexanizmlarining faolligi bilan izohlanadi. Olingan ma’lumotlar turli sharoitlarda o‘sadigan manzarali daraxtlarning fiziologik javoblarini baholash va ekologik monitoringda ularning ahamiyatini aniqlash uchun muhim hisoblanadi.
Files
2.7.pdf
Files
(281.5 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:8728cc071fca3f02793394a4a14fbdf1
|
281.5 kB | Preview Download |