Published May 26, 2025 | Version v1

O'ZBEKISTONDA MEVA-SABZAVOT EKSPORTIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI

Description

Oxirgi 20 yil ichida dunyo miqyosida meva va sabzavotlarni iste'mol qilish yiliga o‘rtacha 5-7 foizga o‘sdi. O‘zbekiston nafaqat o‘z aholisining ehtiyojlarini qondiradi, balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi va bu borada katta imkoniyatlarga ega. O‘zbekistonda yiliga 19 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqariladi, shundan 700 ming tonnaga yaqini eksport qilinadi. Ayni paytda respublikamizda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi faoliyat yuritib, ichki va tashqi bozorni sifatli meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlamoqda. Respublikaning umumiy saqlash sig‘imi 975 ming tonna mahsulot, jumladan, 502 ming tonnalik zamonaviy sovutgich kameralari. Bu aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va eksport hajmini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Transport infratuzilmasi jadal rivojlanib, o‘zaro bog‘langan logistika tarmoqlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, tashqi savdo aloqalari kengayib, tarmoq eksport salohiyati yuksalishini ta’minlamoqda.

Files

1.39.pdf

Files (676.6 kB)

Name Size
md5:822bc2fda747efb440f5076903db98ce
676.6 kB Preview Download