Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarining grafik kompetentligini transformatsion yondashuv asosida rivojlantirishning samarali shakllari va interfaol metodlardan foydalanish
Authors/Creators
Description
Ushbu ilmiy maqola bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining grafik kompetentligini transformatsion yondashuv
asosida rivojlantirishda samarali shakllar va interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati haqida fikr yuritadi.
Maqolada grafik kompetentlikni rivojlantirish, grafik bilim-ko‘nikmalarni shakllantirish, hamkorlik qilish va ijodiy fikrlashni
mustahkamlashda ishlatiladigan dolzarb pedagogik vositalar muhokama etiladi. Shuningdek, bo‘lajak texnologik ta’lim
o‘qituvchilarining grafik kompetentligini transformatsion yondashuv asosida rivojlantirish jarayonida ta’limning innovatsion
samarali shakllari, jumladan, kollaboratsiya, kraudsorsing, bekgraund tahlil, workshoplar, benchmarking kabi usullardan
foydalanish yuqori samaradorlikka ega ekani, shuningdek, “Vizual o‘yin doskasi” va “Mindconstruct” metodlarining samaradorligi
tahlil qilinadi.