Published May 22, 2025 | Version v1
Journal article Open

INSON HUQUQLARI HIMOYASI: GLOBAL TALABLAR VA MAHALLIY AMALIYOTLAR

Description

Globallashuv shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish xalqaro hamjamiyatning asosiy vazifasi bo‘lib kelmoqda. Davlat uning tarkibida xalq bo‘lganligi uchun ham davlat hisoblanadi. Agarda u o‘z hududidagi insonlarning huquqlarini himoya qilolmasa va insonlarga huquqlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlay olmasa uning davlatchiligiga ziyon yetishi aniq. Shuning uchun ham inson manfaatlari oliy o‘ringa qo‘yilmoqda. Hech narsa undan ustun bo‘lishi mumkin emas.

Dunyo mamlakatlarining ichki va tashqi siyosatdagi asosiy maqsadi inson huquqlarini oliy qadriyat sifatida mustahkamlash bo‘lib kelmoqda va bu tamoyilni amalga oshirish uchun bir qancha sa’y- harakatlar amalga oshirilmoqda. Ayollarning, bolalarning, yoshlarning, keksalar va nogironlarning manfaatlari milliy konstitutsiyalarda va xalqaro hujjatlarda mustahkamlandi. Bunga zid harakatlarni amalga oshirganlar va inson huquqlarini poymol qilganlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilmoqdalar.

Files

1213-1217.pdf

Files (316.2 kB)

Name Size Download all
md5:114aa5abb48fc3fb205093477331d573
316.2 kB Preview Download