Published May 22, 2025 | Version v1

BRONXIAL ASTMAGA CHALINGAN BOLALAR VA O'SMIRLARDAGI PSIXOLOGIK O'ZGARISHLAR

Description

Bronxial astma – surunkali nafas yo‘llari kasalligi bo‘lib, bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalgan. Ushbu holat nafaqat jismoniy, balki psixologik o‘zgarishlarga ham sabab bo‘ladi. Astma bilan yashovchi bolalar ko‘pincha doimiy xavotir, tushkunlik, o‘ziga ishonchsizlik, izolyatsiya hissi va maktabdagi muammolarni boshdan kechiradilar. Ular o‘z tengdoshlaridan farqli hayot kechirishlari sababli ruhiy salomatliklari izdan chiqishi mumkin. O‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlovchi psixologik yordam ko‘rsatilmasa, bu salbiy o‘zgarishlar yanada chuqurlashadi. Ota-onalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining hamkorlikdagi yondashuvi muhim ahamiyatga ega. Psixologik holatni yaxshilash orqali nafaqat bolalarning hissiy barqarorligi ta’minlanadi, balki astma ustidan nazoratni kuchaytirish ham mumkin bo‘ladi. Shu bois, kompleks tibbiy va psixologik yondashuv zarur.

Files

81-85.pdf

Files (307.0 kB)

Name Size
md5:ecde46578fe4ff2041a09cc2abb70bc3
307.0 kB Preview Download