Published May 22, 2025 | Version v1

SANOAT QOZONXONALARIDA UGLEVODOROD GAZLARNING YONISH JARAYONINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH VA USKUNALARNI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Ushbu maqolada sanoat korxonalari qozonxonalarida uglevodorod (tabiiy) gazlarning yonish jarayoni matematik modellashtirilgan va yonish samaradorligini oshirish maqsadida qozon uskunalarini takomillashtirish choralari o’rganilgan. Modelda yoqilg’i va oksidlovchi (havo)ning kimyoviy reaksiya tenglamalari, massa va energiya balansi hamda ortiqcha havo koeffitsienti kabi parametrlar hisobga olingan. Stexiometrik (nazariy zarur) miqdordagi havo bilan yonilg’ining to’liq yonmasligi aniqlanib, amaliy jihatdan yoqilg’in to’liq yoqish uchun ortiqcha havo talab etilishi ko’rsatilgan. Model natijalariga ko’ra, 10% ortiqcha havo bilan ishlaganda yonish jarayoni eng yuqori samaradorlikka erishadi; ortiqcha havoning me’yoridan kam yoki ko’p bo’lishi samaradorlikni pasaytiradi. Yonish rejimini optimallashtirish orqali yoqilg’i sarfini kamaytirish va zararli chiqindilar (CO, NOx) miqdorini qisqartirish mumkin. Qozon uskunalarini takomillashtirish choralari sifatida zamonaviy yuqori samarali yoqilg’i burnerlari, chiqindi issiqlikni qayta foydalanish (ekonomayzer va havo isitgichi) hamda avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etish taklif etiladi. Natijalar ilmiy manbalar ma’lumotlari bilan taqqoslangan holda muhokama qilinib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

148-157.pdf

Files (389.9 kB)

Name Size
md5:698d0edaca618232669ea72ce4daffb6
389.9 kB Preview Download