Published May 19, 2025 | Version v1
Journal article Open

TILSHUNOSLIKDA TRANSFORMATSIYA, KONVERSIYA VA INVERSIYANING BIR-BIRIDAN FARQI

Description

Ushbu maqolada tilshunoslikda muhim bо‘lmish  transformatsiya, konversiya va inversiya tushunchalari hamda ularning farqlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Har uchala tushuncha til birliklarining shakl, vazifa yoki tartibini о‘zgartirishga asoslangan bо‘lsa-da,ular til tizimida turlicha vazifaga ega.Transformatsiya lingvistik hodisa bо‘lib, gap yoki sо‘z tuzilishini о‘zgartirish orqali yangi grammatik yoki semantik ma’no hosil qilish jarayonidir. Konversiya morfologik vositalarsiz sо‘z turkumining о‘zgarishi natijasida yangi ma’no hosil bо‘lishidir. Inversiya esa gap komponentlarining odatiy tartibining buzilishi orqali gap urg‘usini о‘zgartirish yoki stilistik ta’sir hosil qilish uchun qо‘llaniladi. Ushbu maqolada uch tushunchaning ta’riflari keltiriladi, misollar asosida tahlil qilinib, ularning lingvistik xususiyatlari, о‘zaro bog‘liqligi va farqlari yoritiladi,shuningdek, har bir hodisaning sintaktik va semantik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilib, ularning til tizimidagi о‘rni kо‘rib chiqiladi. Nazariy yondashuvlar hamda amaliy misollar orqali ushbu lingvistik hodisalarning mohiyatini kengroq ochib beriladi, о‘zbek va boshqa tillardagi tadqiqotlari va namunalari о‘rganiladi.Shu bilan birga,maqolada  transformatsiya va inversiyaning asosan sintaktik darajada,konversiyaning esa morfologik-grammatik darajada yuz berishi,ularning о‘zaro aloqador,biroq ajralib turuvchi jihatlaridan biri sifatida kо‘rsatiladi.

Files

971-976.pdf

Files (364.2 kB)

Name Size Download all
md5:421b327cff5566fdb365d108323d1ecc
364.2 kB Preview Download