MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
Description
Mazkur maqolada matematika darslari orqali o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish usullari tahlil qilinadi. Mantiqiy fikrlash – bu muammoni tahlil qilish, mantiqiy bog‘liqliklarni aniqlash va asosli xulosa chiqarish qobiliyati bo‘lib, u nafaqat matematika fanida, balki kundalik hayotda ham muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar va interfaol o‘qitish texnologiyalarining mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashga o‘rgatilishi, muammoli vaziyatlar orqali tahliliy yondashuvni shakllantirishga oid samarali uslublar yoritilgan. Maqola natijalari asosida o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular orqali matematika darslarini yanada samarali tashkil etish mumkin.