SOVET YILLARIDA OʻZBEKISTON SANOATIDA KADRLAR MASALASI: YOʻNALISH VA MUAMMOLAR
Authors/Creators
- 1. BuxDu Tarix-(yoʻnalishlar va faoliyat turi boʻyicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
Description
Oʻzbekiston tarixida oʻtgan XX asr juda bahsli, ziddiyatli, qarama – qarshiliklarga boy davr boʻldi. Ushbu davrda iqtisodiy va siyosiy jihatdan koʻplab yangiliklar va burilishlar davri boʻldi. Aynan XX asrning boshlarida Podsho Rossiyasining tugatilishi va 1922-yilning 30-martida dunyo tarixiga SSSR nomi ittifoq davlatining paydo boʻlishi Oʻrta Osiyo hududlariga ham oʻz taʻsirini koʻrsatdi. Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan Turkiston hududida ittifoq davlati tuzilgach hududiy chegaralanishlar oʻtkazildi. 1924-yilning 13-17 fevralida Buxoroda Butunoʻzbek sovetlarining I ta`sis majlisi boʻlib oʻtdi. Mazkur syezdda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilindi va Fayzulla Xoʻjayev boshchiligidagi yangi hukumat tuzildi. Shu yilning 27-oktabrida ittifoq tarkibidagi Oʻzbekiston SSR tuzildi. Aynan mazkur davrdagi iqtisodiy siyosatni tahlil qilish, sanoat tarmoqlarini kadrlar bilan taminlashdagi muammo va yutuqlarni oʻrganish muhim va dolzarb hisoblanadi.
Files
165-167.pdf
Additional details
References
- 1. Ўзбекистон Тарихи (1917 1991-йиллар). Биринчи китоб (1917-1939 йиллар). Тошкент . Oʻzbekiston. 2019. B. 309.
- 2. SHamsutdinov R, Karimov SH. Vatan tarixi. 2-kitob. Toshkent. 2010. B. 262.
- 3. Ўзбекистон ССР Тарихи.III том.Toшкент.Фан.1971. Б. 494
- 4. Народное хозяйство Узбекской ССР в 1987 году. С. 209.
- 5. Бобожонова Д. Ўзбекистонда ижтимоий-иқтисодий муносабатлар (70-80 йиллар мисолида). T. SHARQ. 1999. B. 144.