Published May 15, 2025 | Version v1

Gemofiliya bilan og'rigan bemorlarni parvarishlashda multidisiplinar yondashuvning ahamiyati: klinik holatlar va zamonaviy davolash usullari tahlili

  • 1. Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Tibbiyot fakulteti Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi o'qituvchisi
  • 2. Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Tibbiyot fakulteti davolash yo'nalishi 1-kurs talabasi

Description

Ushbu maqolada gemofiliya kasalligi va uni davolashda multidisiplinar yondashuvning ahamiyati tahlil qilinadi. Gemofiliya — irsiy asosda o'tadigan qon ivishining buzilishi bo‘lib, VIII yoki IX plazma ivish omillarining yetishmovchiligi natijasida organizmda qon ketishining to‘xtovsiz davom etishiga olib keladi. Kasallikning eng og‘ir shakllari bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytirib, doimiy va kompleks tibbiy yordamni talab qiladi. Shu bilan birga, gemofiliya bemorlariga davolashda faqat tibbiy muolajalar bilan cheklanmasdan, ruhiy, ijtimoiy va reabilitatsion yordamni ham o‘z ichiga olgan multidisiplinar yondashuv zarurligi ko‘rsatib berilgan.

Maqolada gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarni davolashda zamonaviy usullar, jumladan, replasment terapiyasi (ivish omillarini to‘ldirish), profilaktik davolash, fizioterapiya va gen terapiyasining samaradorligi haqida so‘z boradi. Kasallikni boshqarishning eng samarali yo‘li muntazam ravishda gematolog, hamshira, fizioterapevt, psixolog va ijtimoiy xodimlarning birgalikdagi ishlashidir. Bunday yondashuv bemorning umumiy holatini yaxshilash, asoratlarning oldini olish va uning jamiyatda faol ro‘l o‘ynashini ta’minlashga yordam beradi.

Maqolada, shuningdek, klinik holat tahlillari orqali multidisiplinar yondashuvning amaliy samaralari ko‘rsatilgan. Masalan, bemor A.X. ning davolash jarayonida muntazam replasment terapiyasi, fizioterapiya mashg‘ulotlari va psixologik yordam tufayli uning holati sezilarli darajada yaxshilanganligi ta’kidlangan. Bu misol multidisiplinar yondashuvning gemofiliya kasalligini davolashdagi muhimligini yanada oshiradi.

Ushbu maqola gemofiliya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda multidisiplinar yondashuvning ahamiyatini ta’kidlaydi va zamonaviy davolash usullari bilan birgalikda, har tomonlama yondashuvning natijalari qanchalik samarali ekanini ko‘rsatib beradi. Maqola, shuningdek, gemofiliya kasalligiga oid tibbiyot xodimlari, tibbiyot talabalari va ilmiy izlanishlar olib borayotgan mutaxassislar uchun foydali ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Files

202-208.pdf

Files (836.8 kB)

Name Size
md5:7974f4f31b8c862d92198995771210c9
836.8 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. World Federation of Hemophilia (WFH). (2023). *Guidelines for the Management of Hemophilia*, 3rd Edition. Montréal, Canada. [https://www.wfh.org](https://www.wfh.org)
  • 2. Kasatkin, A. A., & Ivanova, L. N. (2021). *Gematologiya: klinik va diagnostik asoslar*. Moskva: GEOTAR-Media.
  • 3. Mannucci, P. M., & Tuddenham, E. G. D. (2001). The hemophilias—from royal genes to gene therapy. *New England Journal of Medicine*, 344(23), 1773–1779.
  • 4. Bolton-Maggs, P. H. B., & Pasi, K. J. (2003). Haemophilias A and B. *The Lancet*, 361(9371), 1801–1809. [https://doi.org/10.1016/S0140-6736(03)13405-8](https://doi.org/10.1016/S0140-6736%2803%2913405-8)
  • 5. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi. (2022). *Irsi qon ivish kasalliklari bo'yicha klinik tavsiyalar*. Toshkent.