Published May 15, 2025 | Version v1

O'ZBEKISTON TIBBIY TURIZMNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Description

Hozirgi kunda tibbiy turizm zamonaviy turizmning eng daromadli turlaridan biri bo‘lib, u nafaqat yuqori o‘sish sur’atlariga ega, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun iqtisodiy rivojlanishining hal qiluvchi omili bo‘lib hisoblanadi. Dunyoning 50dan ortiq mamlakati tibbiy turizmni rivojlantirishni milliy siyosatning maqsadlaridan biri deb hisoblayotgani, sog’liqni saqlashning yangi konsepsiyasi paydo bo‘lishiga ko‘maklashayotgani bejiz emas. Uunga ko‘ra, har qanday shaxs boshqa davlatga sahohat qilib sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam olishi mumkin. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarga qaraganda tibbiyot sohasi yaxshi rivojlanmagan hududlardagi aholi ham chet elga tibbiy sayohatlarni amalga oshirishmoqda. Birinchi holda, turistlar tegishli tibbiy texnologiyalarga ega arzonroq tibbiy xizmatlarni izlaydilar. Ikkinchi holda, ular o'z mamlakatlarida mavjud bo'lmagan yoki sifatsiz xizmatlar o’rniga boshqasini qidiradilar.

Files

Talipova Malikaxon Xusan qizi.pdf

Files (828.6 kB)

Name Size
md5:7108d88d75ad0e31718cda50892502be
828.6 kB Preview Download