Published May 12, 2025 | Version v1
Journal article Open

TAYANCH-HARAKAT TIZIMINI NUR ANATOMIYASI.SUYAK VA BO'G'INLARNI YOSHLIK VA KEKSALIK DAVRIDA XUSUSIYATLARI

  • 1. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, Onkologiya Oftolmalogiya Otorinoloringologiya va Tibbiy radiologiya kafedrasi assistenti
  • 2. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 3-kurs talabasi

Description

Mazkur maqolada tayanch-harakat tizimining nur anatomiyasi asosida suyak va bo‘g‘inlarning morfologik va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Yoshlik davrida suyaklar o‘sish zonasiga ega bo‘lib, ular yuqori elastiklik, tez tiklanish va moslashuvchanlik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu davrda bo‘g‘inlarning faol harakati, suyaklarning simmetrik va barqaror rivojlanishi kuzatiladi. Keksalikda esa suyak zichligi pasayadi, kollagen miqdori kamayadi, bo‘g‘in yuzalari yupqalashadi va harakat imkoniyati cheklanadi. Ayniqsa osteoporoz, degenerativ-distrofik o‘zgarishlar va artrozlar ko‘p uchraydi. Nur anatomiyasi (rentgen, KT, MRT) orqali suyak va bo‘g‘inlarda yuz berayotgan fiziologik va patologik o‘zgarishlar aniq ko‘rsatiladi, bu esa kasalliklarni erta aniqlash va davolash uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, maqolada yoshga oid xususiyatlarning klinik ahamiyati, diagnostika va profilaktikaga oid tavsiyalar ham keltirilgan. Ushbu ilmiy yondashuvlar ortopediya, travmatologiya, sport tibbiyoti va gerontologiya sohalarida katta amaliy ahamiyat kasb etadi.

Files

Abrayqulov I 71-74 JUSR.pdf

Files (456.7 kB)

Name Size Download all
md5:6c3928ef08d6343c7edbd2ba20d88fd7
456.7 kB Preview Download