Published May 12, 2025 | Version v1
Journal article Open

O'ZBEKISTONDA "OPEN BANKING" BANK BIZNES MODELIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLI

Description

Ushbu ilmiy maqola O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida zamonaviy raqamli transformatsiya jarayonlari doirasida “Open Banking” — ochiq bank xizmatlari modelining joriy etilishi va rivojlanish istiqbollarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada avvalo Open Banking modelining nazariy mohiyati, funksional komponentlari, global moliyaviy texnologiyalar bilan aloqasi va mijoz markazlashgan yondashuvga asoslanganligi chuqur tahlil qilinadi.

Xususan, Yevropa Ittifoqida PSD2 direktivasi asosida shakllangan tizim, Osiyo mamlakatlarida bank-fintech integratsiyasi va AQShda bozor asosida rivojlangan ochiq moliyaviy ekotizim misollarida xalqaro amaliyot o‘rganiladi. O‘zbekiston kontekstida Open Banking’ning huquqiy asoslari, infratuzilmaviy tayyorgarlik holati, Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan raqamli moliya siyosatlari, shuningdek, tijorat banklarining — jumladan “O‘zmilliybank” AJning — raqamli platformalarga o‘tish tajribasi muhokama qilinadi. Mijoz ma’lumotlarini himoya qilish, kiberxavfsizlik, API almashinuvi, fintech startaplar bilan hamkorlik va banklararo raqobat kabi elementlar tizimli tarzda tahlil etiladi.

Files

636-644.pdf

Files (397.3 kB)

Name Size Download all
md5:848428edabb77d2c89575f59d8ca9de9
397.3 kB Preview Download