Published May 9, 2025 | Version v1
Journal article Open

INNOVATSION BOSHQARUV YONDASHUVLARI ORQALI XIZMATLAR TIZIMIDAGI MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH

Description

Ushbu maqolada xizmatlarni boshqarish sohasida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada xizmatlar ko‘rsatish tizimidagi boshqaruv kamchiliklari, inson resurslarini boshqarishdagi muvofiqlashtirish muammolari, mijozlar ehtiyojlarini noto‘g‘ri baholash oqibatida yuzaga kelayotgan xizmat sifati muammolari va texnologik vositalarning yetarli darajada joriy qilinmagani kabilar batafsil tahlil qilingan.

Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada samarali tashkil etish uchun innovatsion yondashuvlar, raqamlashtirish jarayonlari, kadrlar salohiyatini oshirish hamda xizmat oluvchilar bilan ikki tomonlama aloqani mustahkamlash kabi yechimlar ham taklif etiladi. Mazkur maqola xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar hamda talaba va amaliyotchilar uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, xizmatlarni boshqarish sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini tizimli tahlil qilgan ilmiy ish sifatida to‘liq yoritilgan.

Files

406-410.pdf

Files (345.7 kB)

Name Size Download all
md5:2da174a54aac4b5a4fec8b521e967986
345.7 kB Preview Download