Published May 6, 2025 | Version v1
Journal article Open

XUMAY ONA TIMSOLI: TARIX, AFSONA VA MA'NAVIYAT QO'SHILMASI

Description

O‘zbek xalqining qadimiy tarixida ayol timsoli har doim muqaddas sanalgan. Ayniqsa, “ona” so‘zi nafaqat biologik ma’noda, balki xalqning ruhiy-ma’naviy hayotida, madaniy merosida yuksak martabaga ega bo‘lgan. Shu jumladan, “Xumay ona” timsoli xalq og‘zaki ijodi, afsona, doston va tarixiy manbalarda o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Bu timsolning ildizlari turkiy xalqlarning qadimiy dunyoqarashiga, mifologiyasiga va ruhiy qadriyatlariga borib taqaladi. “Xumay ona” obrazi orqali xalqimizning ayolga, onaga bo‘lgan munosabati, himoya, mehr-oqibat va sabr-toqat timsoli sifatidagi qarashlarini ko‘rish mumkin.

Mazkur maqolada Xumay ona timsolining kelib chiqish manbalari, u bilan bog‘liq afsona va rivoyatlar, adabiy asarlarda qanday talqin etilgani hamda u orqali xalq ma’naviyatida shakllangan qadriyatlar yoritiladi.

Files

223-229.pdf

Files (397.3 kB)

Name Size Download all
md5:1b80014a2a3e33f11a9783db9f0839de
397.3 kB Preview Download