Published May 4, 2025 | Version v1

Qishloq xo'jaligi chiqindilarini monetizatsiya qilish va sirkulyar iqtisodiyot sharoitida marketing strategiyalari

  • 1. Buxoro davlat universiteti dotseni, PhD
  • 2. Buxoro Davlat Universiteti talabasi

Description

Qishloq xo‘jaligi chiqindilarini monetizatsiya qilish va sirkulyar iqtisodiyot sharoitida marketing strategiyalari

Sirkulyar iqtisodiyot sharoitida qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan samarali foydalanish ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan birga, iqtisodiy foyda olish imkoniyatlarini ham yaratadi. Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi chiqindilarini monetizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari, qayta ishlash jarayonlari hamda bozorda muvaffaqiyatli marketing strategiyalarini ishlab chiqish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilmiy manbalar, amaliy tajribalar va jahon tajribalariga asoslangan qiyosiy tahlil usuli qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlash natijasida organik o‘g‘it, biogaz va sanoat xom ashyosi ishlab chiqarish mumkin. Buning uchun samarali marketing strategiyalari, jumladan, maqsadli auditoriyani aniqlash, raqamli marketing vositalaridan foydalanish va ekologik bozorlarni rivojlantirish zarur. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan iqtisodiy daromad olish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha muhim amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

Files

115-123 Turobova H.pdf

Files (330.0 kB)

Name Size
md5:f9f9962ded6714fda9d928751764868e
330.0 kB Preview Download

Additional details