AQLLI SHAHAR INFRATUZILMASIDA ENERGIYA TEJAMKOR TRANSPORT BOSHQARUVI.
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada aqlli shahar infratuzilmasida energiya tejamkor transport boshqaruvi tizimlarining o‘rni va samaradorligi tahlil etilgan. XXI asrda urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi va aholi sonining o‘sishi bilan shaharlar transport tizimlari oldida yangi muammolar yuzaga kelmoqda. Yirik shaharlarda transport tirbandliklari, havoning ifloslanishi va energiya sarfi ortishi, ayniqsa, transport sohasidagi energiya samaradorligini ta’minlashni dolzarb masalaga aylantirgan. Maqola, aqlli shaharlar konseptsiyasini asoslanib, energiya tejamkor transport boshqaruvini amalga oshirish uchun zamonaviy texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt, "Narsalar Interneti" (IoT), va katta ma’lumotlar (Big Data)ni qo‘llash zarurligini ta’kidlaydi. Singapur, Amsterdam, Tokio kabi ilg‘or shaharlar tajribalari orqali aqlli transport tizimlarining energiya sarfini kamaytirish va ekologik ta’sirni pasaytirishdagi muvaffaqiyatlari misolida energiya samaradorligini oshirish imkoniyatlari o‘rganilgan. O‘zbekiston sharoitida, xususan Toshkent shahrida amalga oshirilgan tajriba loyihalarini ko‘rib chiqish orqali aqlli transport tizimlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha zaruriy yondashuvlar tavsiya etiladi.
Files
180-187.pdf
Files
(817.6 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:a6fa662943d1023a5d762fe5e821428f
|
817.6 kB | Preview Download |
Additional details
Dates
- Accepted
-
2024-04-30